Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzini to‘lamadi – «Trailblazer»idan ayrildi
15:09 / 2021-09-28

Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudi tomonidan qarzdor H.S.dan Shofirkon tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 650,2 million so‘m soliq qarzdorligi hamda 26 million so‘m davlat bojini undirish bo‘yicha byuroning Shofirkon tuman bo‘limiga hujjat kelib tushgan...

Unga ko‘ra, H.S qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda to‘lab berishi haqida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay, qarzini to‘lamay kelgan. Natijada davlat ijrochisi tomonidan qarzdor nomida «Trailblazer» borligi aniqlanib, avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi. Oqibatda ushbu mashina topilib, xatlanadi. Hozirda avtomashinani «E-ijro auksion» elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

 

Maftuna KARIMOVA, O‘zA