Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdorning zavodi va 8 ta avtotransport vositasi auksionga chiqarildi
19:12 / 2023-03-14

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi ish yurituvida sudlarning turli vaqtlardagi ijro varaqalariga asosan qarzdor “Istiqlol yo‘l qurilish ta’minot” xususiy korxonasidan jami 12 mlrd. 895 mln. so‘m qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud.

Ijro hujjatlarini ijrosini ta’minlash uchun qarzdorning barcha hisob raqamlariga, ko‘char va ko‘chmas mulklariga ta’qiq qo‘yilib band solindi.

Jumladan, qarzdor “Istiqlol yo‘l qurilish ta’minot” xususiy korxonaga tegishli bo‘lgan G‘uzor tumanida joylashgan ishlab chiqarish zavodi binosi xatlanadi va 3.013.546.000 so‘mga narxlatilib, undiruvchi "Mikrokreditbank" ATB qarzdorligi uchun “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.

Bundan tashqari, qarzdorga tegishli bo‘lgan 2 dona “HUAJUN” rusumli, 2 dona “HOWO” rusumli, 3 dona “SINOTRUK” rusumli yuk tashuvchi va 1 dona “ISUZI” rusumli avtobus transport vositasi elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga savdoga qo‘yilgan.

Kelgusida, ushbu mulk sotuvidan tushgan pul mablag‘lar undiruvchilarning tegishli hisob-raqamlariga o‘tkazib beriladi.

O‘zA