Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdorning poytaxtdagi ofisi sotuvga qo‘yildi
09:07 / 2024-12-15

Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi “Denov Termiz group” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari tijorat bankidan olgan kredit mablag‘ini ixtiyoriy to‘lab berishdan bosh tortadi. Oqibatda bu harakat sud tartibida ko‘rib chiqildi.

– Ma’lumki, moliya muassasasi va mijoz o‘rtasidagi tuzilgan kredit shartnomalari har ikki tarafga ham qator huquq va majburiyatni belgilaydi, – deydi MIB viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi Qobiljon Tursunov. – Bankdan olingan kredit mablag‘i maqsadli va aniq reja asosida sarflanmay, o‘z vaqtida qaytarilmasa, tadbirkor garov mulkidan ajralib qoladi. Afsuski, ayrim tadbirkorlar garov evaziga yirik miqdorda kredit rasmiylashtirib, o‘z majburiyatini unutgan holda uni boshqa maqsadlarga sarflab yuboradi. 

“Denov Termiz group” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari ham tijorat bankidan olingan kredit mablag‘ini ixtiyoriy to‘lab berishdan bosh tortgani uchun sudning ijro hujjatiga asosan 11 milliard 755 million so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish belgilandi. 

MIB Denov tuman bo‘limi davlat ijrochilari olib borgan ijro harakatlari chog‘ida qarzdor jamiyatning barcha hisob raqamlariga band solinib, inkasso topshiriqnomalari yuborildi. Olingan kredit evaziga taqdim etilgan garov ta’minoti, ya’ni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Yangitarnov mahallasida joylashgan muhtasham 33 xonali ofis binosi xatlovga olinib, 7 milliard 900 million so‘m boshlang‘ich narx bilan auksion savdosiga chiqarildi. 

Ijro hujjati bo‘yicha kredit qarzdorligi belgilangan muddatda qaytarilmasa, tadbirkor Toshkent shahridagi hashamatli ofis binosidan ajralib qolishi hech gap emas. 

Nilufar Bozorova, O‘zA muxbiri