Qarzdorning “Neksiya 3” avtomashinasi sotiladi
Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati Vobkent tumani bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshku tumanlararo sudining 2022 yil 10 fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor YATTdan undiruvchi ATB “Xalq banki” Vobkent filiali foydasiga 83,4 million so‘m kredit qarzi undirish, undiruvni garov sifatida qo‘yilgan qarzdorga tegishli 2020 yilda ishlab chiqarilgan “Neksiya 3” rusumli avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda to‘lab berishi haqida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, qarzdorligini to‘lamagan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Neksiya 3” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda xatlandi. Vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Qarzdorlik bartaraf qilinmagan taqdirda, mazkur avtomashina baholanib, “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko‘riladi.
Zarif Komilov, O‘zA