Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdorning “Malibu-2” avtomashinasi auksion savdoda sotildi
11:17 / 2024-09-12

Boyovut tumani majburiy ijro byurosi ish yurituvida bo‘lgan kredit bilan bog‘liq qarzdorlik kreditor mol-mulkiga qaratildi va unga tegishli bo‘lgan “Malibu-2” xatlanib, auksion savdosida sotildi.

Kreditor ATB"Kapital bank"dan olgan qarzdorlik hisobiga 290 045 919 so‘m qarzdor bo‘lib qoladi.  

Bank o‘z mijozidan unmayotgan pul mablag‘ini undirish uchun Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga murojaat qiladi.  

Bu murojaat odil sudlov hay’ati tomonidan o‘rganilib, unmagan, undirishning iloji bo‘lmagan pul mablag‘i mol- mulkka qaratilib, qarzdorning 2017 yilda ishlab chiqarilgan “Malibu-2” rusumli avtomashinasi joriy yilning 5 avgustida auksion savdoga qo‘yilgandi. Natijada auksion savdoda kreditorga  tegishli avtotransport vositasi 192 million 001 536 so‘m qiymatda sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘i esa ijro hujjati bo‘yicha bankga yo‘naltirildi.

G‘ulom Primov,

O‘zA