French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdorlik undiruvi mol-mulkka qaratilmoqda
10:10 / 2021-08-12

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan bank bilan bog‘liq ijro hujjatlarini bajarish borasida tegishli tashkilotlar hamkorligida kundalik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Buning natijasida, garovdagi va qidiruvga berilgan ko‘plab avtotransport vositalari topilmoqda.

Xususan, Bo‘lim ish yurituvida, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 21 apreldagi 4-1601-2001/185-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor “Golden chikken standart” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi Aksiyadorlik tijorat “Infinbank” foydasiga jami 167.143.210 so‘m kredit qarz undiruvi “Golden chikken standart” MCHJga tegishli bo‘lgan garov mulki sifatida taqdim etilgan davlat raqami 50 756 ZAA va davlat raqami 50 753 ZAA bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomashinalariga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 2020 yil 17 iyun kuni kelib tushgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23, 86-moddalariga asosan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan va taraflarga ijro va ma’lumot uchun yuborilgan.

Ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni to‘lamaganligi sababli undiruv garov mulklariga qaratilgan. Dastlab, qarzdor “Golden chikken standart” MCHJga tegishli bo‘lgan garov mulki sifatida taqdim etilgan davlat raqami 50 756 ZAA bo‘lgan “Nexia-3” avtomashinasini savdoga chiqarish maqsadida xatlanib, boshlang‘ich sotuv bahosi 69.174.380 so‘m bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun savdoga chiqarilgan.

Savdo natijalariga ko‘ra, 2020 yil 3 dekabrda 72.633.099 so‘mga “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida sotilgan. Ijro harakatlari davomida, qidiruvda bo‘lgan qarzdor “Golden chikken standart” MCHJga tegishli bo‘lgan garov mulki sifatida taqdim etilgan davlat raqami 50 753 ZAA bo‘lgan “Nexia-3” avtomashina topilib qarzdorlik hisobiga xatlangan.

Xatlangan avtomashina garov mulkining boshlang‘ich realizatsiya bahosi taraflarning o‘zaro kelishuv dalolatnomasiga ko‘ra 69.174.380 so‘m etib belgilangan va shu narxda “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan bo‘lib, mazkur avtomashina savdosi 2021 yil 9 avgust kuni o‘tkazilgan.

Shuningdek, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 5 apreldagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor “Xafsiz daryo va soylar” UK va qo‘shimcha qarzdor “Metal dizayn” MCHJdan undiruvchi “Infinbank” foydasiga 137.926.846 so‘m kredit qarzi undirish undiruvni qo‘shimcha qarzdor “O‘nhayot” XKga tegishli bo‘lgan garov mulki sifatida taqdim etilgan davlat raqami 50 177 MAA bo‘lgan “Malibu BDA” rusumli avtomashinaga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 2021 yil 7 aprelda kelib tushgan bo‘lib, taraflarga ijro uchun yuborilgan.

Ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni to‘lamaganligi sababli undiruv garov mulklariga qaratilgan. Qo‘shimcha qarzdor “O‘nhayot” XKga tegishli garov mulki bo‘lgan “Malibu BDA” rusumli avtomashina qarzdorlik hisobiga xatlangan bo‘lib boshlang‘ich realizatsiya bahosi taraflarning o‘zaro kelishuv dalolatnomasiga ko‘ra, 91.000.000 so‘m etib belgilangan.

“E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2021 yil 22 iyuldagi 6328-sonli ijro hujjatiga asosan, qarzdor “Nam lyuks impeks” MCHJ va qo‘shimcha qarzdor Muhammadali Abdurahimovdan undiruvchi “Ipak yo‘li bank” foydasiga jami 86.951.950,32 so‘m kredit qarzi undirish undiruvni qo‘shimcha qarzdorga tegishli bo‘lgan garov mulki sifatida taqdim etilgan davlat raqami 50 722 MA bo‘lgan “Lada/Gab 130 Ladaxray” avtomashinasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 2021 yil 28 iyulda kelib tushgan. Qo‘shimcha qarzdorga tegishli garov mulki bo‘lgan avtomashina qarzdorlik hisobiga xatlanib, jarima maydonchasiga tortilgan.

Ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni 10 kunlik muddatda to‘liq to‘lanmagan taqdirda qarzdor “Nam lyuks impeks” MCHJ va qo‘shimcha qarzdor Muhammadali Abdurahimovga tegishli garov mulki bo‘lgan avtomashinani “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasiga boshlang‘ich sotuv bahosi 70.000.000 so‘m bilan auksionga chiqarilishini to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan.

Korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar, fuqarolar ham o‘z vaqtida qarzdorligini yopishi kerak. Ma’uliyatni his etgan fuqarolar turli dilxiraliklardan uzoq turishi aniq.

Humoyunmirzo Abdullayev,

Majubriy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi davlat ijrochisi.

O‘zA