English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdorlik undirildi
19:17 / 2023-05-18

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi hamda uning shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan tijorat banklari vakillari hamkorligida tuzilgan Ishchi guruhlar tomonidan muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

– Byuro organlari tomonidan ish yurituvda bo‘lgan banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida 186 milliard so‘mlik 212 ta mol-mulk xatlandi, – deydi MIB Namangan viloyati boshqarmasi inspektori Sanjarbek Jo‘rayev. – Shundan 56 milliard so‘mlik 87 ta mol-mulk sotilib, kredit qarzdorlik uchun qoplashga erishildi. Masalan, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor “Rouston Cattle Farm” va qo‘shimcha javobgarlar “Construction materials Namangan 2020”, “Dovudxon savdo servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatlaridan undiruvchi “Mikrokreditbank” Namangan viloyati filiali foydasiga 3 milliard 170 million so‘m kredit qarzdorlik hamda 60 million so‘m jarima undirish belgilangan.  

Mazkur hujjat boshqarma alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi ish yurituviga olingan. Qarzdor jamiyatga ixtiyoriy muddat ichida bartaraf etish yuzasidan ogohlantirilgan. Biroq, ana shu muddat ichida kredit qarzdorlik qoplanmaganligi sababli majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Ijro harakatlari davomida jamiyatning bank hisob-raqamiga elektron inkassa topshiriqnomasi qo‘yilgan.  

Biroq, qarzdorlik qoplanmaganligi sababli sud qarorida ko‘rsatilgan garovga qo‘yilgan bino-inshootlarga qaratilib, xatlangan. Tegishli mutasaddi tashkilot orqali baholatib, auksion savdolariga chiqarilishi natijasida, bino inshoot elektr savdo orqali sotilib, mablag‘ to‘liq kredit qarzdorlikka yo‘naltirilgan.  

Oqilxon DADABOEV, O‘zA