Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 2025 yil 3 mart kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor K.J.dan undiruvchi N.D.ning foydasiga, uning qaramog‘idagi bir nafar farzandi ta’minoti uchun har oyda aliment pulini to‘lashi belgilangan.
Shunga qaramasdan, fuqaro aliment pulini muntazam ravishda to‘lamay kelganligi oqibatida uning qarzdorligi 17 million so‘mdan oshib ketgan.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudiga yuborildi. Joriy yilning 5 fevral kuni o‘tkazilgan sud majlisida qarzdor sud zalining o‘zida aliment to‘lovidan yuzaga kelgan 17 million so‘mdan ortiq qarzdorlikni to‘lab berdi.
Keyinchalik bo‘lim davlat ijrochisi va mahalla yettiligi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ushbu yosh oila yarashtirildi. Natijada farzand to‘laqonli oilada voyaga yetadigan bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri