Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdorlik qoplanmasa, “TAHOE” avtomashinasi sotiladi
20:41 / 2024-03-11

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining qarzdor – O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasi bilan sudlangan D.X.dan bazaviy hisoblash miqdorining 358 baravari miqdorida, ya’ni 118 mln 140 ming so‘m jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIBning Peshku tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi pochta xizmati orqali taraflarga yuborilgan. 

Qarzdorlik bartaraf qilinmaganligi sababli, qarzdorning nomida bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash choralari ko‘rilgan. 

Davlat ijrochisining 2024-yil 22-yanvardagi qaroriga asosan qarzdorning nomida bo‘lgan “TAHOE” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 42-moddasiga asosan qidiruv e’lon qilingan. 

Byuroning qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qarzdorga tegishli avtomashina ushlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. 

Qarzdorlik belgilangan muddat davomida bartaraf qilinmagan taqdirda mazkur avtomashina baholanib, “E-Auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilishi haqida ogohlantirildi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri