Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdorlik hisobiga parrandachilik majmuasi xatlovga olindi
15:42 / 2018-10-04

Jizzax viloyati Doʻstlik tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “Doʻstlik don mahsuloti” AJning soliq majburiyatlarini bajarishi oʻrganildi.


Jizzax viloyati Doʻstlik tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “Doʻstlik don mahsuloti” AJning soliq majburiyatlarini bajarishi oʻrganildi. 

Oʻrganish natijasida ushbu aksiyadorlik jamiyatining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan 9 milliard 529 million soʻmdan ortiq qarzi mavjudligi aniqlangan. Bu haqda viloyat davlat soliq boshqarmasi xabariga tayanib Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma aksiyadorlik jamiyati tomonidan bajarilmagan. Tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan soliq qarzini sudgacha majburiy undirish boʻyicha koʻrilgan choralar ham natija bermagan.

Shundan keyin tuman davlat soliq inspeksiyasi Doʻstlik tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, aksiyadorlik jamiyatining mol-mulki hisobidan byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan boʻlgan soliq qarzining bir qismi – 3 milliard 690 million soʻmini undirishni soʻragan.

Aksiyadorlik jamiyati vakili 2018 yilning 20 avgust kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida oʻz tushuntirishlarini bayon qilib, aksiyadorlik jamiyatining hisob raqamiga pul mablagʻlari kelib tushishi bilan qarzdorlik boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshirilishini bildirgan.

Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan tuman davlat soliq inspeksiyasining arizasi qanoatlantirilgan hamda aksiyadorlik jamiyatining mol-mulki hisobidan byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan boʻlgan soliq qarzi undirilishi koʻrsatib oʻtilgan.

2018 yilning 19 sentyabr kuni tuman DSI hamda Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi va xolislar ishtirokida aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Baxmal tumani Novqa mahalla fuqarolar yigʻini, “Oqtosh” qishlogʻidagi parrandachilik majmuasining mol-mulklari roʻyxatga olinib, xatlash ishlari amalga oshirildi.

Jami 2 gektar maydonga ega majmuaning tayyor mahsulot ombori, parrandachilik kushxonasi, inkubator, joʻjalar, tovuqxona hamda qorovulxona binolari roʻyxatga olinib, belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi va vaqtincha saqlash uchun tegishli mutaxassislarga javobgarlik yuklatildi.