Majburiy ijro byurosi organlarida joriy yilning 21 fevralidan 21 martga qadar «Aliment undiruvi oyligi» e’lon qilindi.
Maqsad voyaga yetmaganlarning huquq-manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda aliment to‘lovlarini undirish ishlari samarasini ko‘tarishdir.
Byuroning Kogon tumani bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor B.Usmonovdan undiruvchi M.Jumayevaning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi daromadining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud.
Ijro harakatlari davomida qarzdor B.Usmonov va undiruvchi M.Jumayeva o‘rtasida voyaga yetmagan farzandlarini uy-joy bilan ta’minlash va aliment kelishuviga erishildi.
Qarzdor B.Usmonov 320 mln. so‘mga baholangan o‘ziga tegishli Buxoro shahridagi xonadonni farzandlariga rasmiylashtirib berishni lozim topdi. Mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tamomlandi.
Shuhrat NE’MATOV, O‘zA