Qarzdor ota farzandi ta’minoti uchun oldindan 8 ming 700 AQSH dollar to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining 2021 yil 20 maydagi ijro hujjatiga ko‘ra qarzdor F.N.dan ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun undiruvchi M.X foydasiga aliment undirish haqidagi ijro hujjatiga ko‘ra MIBning Nurota tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor F.N. bilan suhbat o‘tkazilib, unga huquq-majburiyatlari tushuntirilgan. Natijada qarzdor voyaga yetmagan farzandlarining 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pulini hisob-kitob qilib berish haqida davlat ijrochisiga murojaat qilgan.
Dastlab bu haqda undiruvchi M.X. ogohlantirilib, uning roziligi asosida farzanlarining 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davr uchun 8 ming 700 AQSH dollari miqdorida aliment puli qarzdor tomonidan to‘liq to‘lab berildi.
M.Qosimova, O‘zA