Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdor ota 3 yillik pullarni to‘lab berdi
11:43 / 2022-09-05

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyati Guliston shahar bo‘limi tomonidan avgust oyida ish yurituvdagi aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha jami 1 milliard 192,7 million so‘m aliment to‘lovlari undirilgan.

Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 08.04.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor M.T.dan undiruvchi J.T.ning foydasiga ½ qism miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, 2019 yil aprel oyidan 2022 yil avgust oyiga qadar jami 41 172 852 so‘m aliment qarzdorligi hisoblangan. Ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan qarzdor M.T.dan 41 200 000 so‘m aliment pullari undirilib, undiruvchining nomiga ochilgan “Aloqabank” plastik kartasiga o‘tkazib berildi.



Sh.Suyarov, O‘zA