Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdor MCHJdan, ”Qishloqqurilishbank” foydasiga 550 million so‘m pul mablag‘i undirildi
19:39 / 2023-12-27

MIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, olingan kredit mablag‘lari vaqtida qaytarilmasligi natijasida, banklar qarzdorliklarni undirish yuzasidan sudlarga murojaat qiladi va qarzdorlikni undirish sud orqali Byuro organlariga keladi.

Banklar tomonidan kiritilgan da’vo arizasi sud tartibida ko‘rib chiqilib, qarzdorliklarni undirish bo‘yicha hal qiluv qarorlari Byuro organlari ish yurituviga kelib tushadi. 

Shu kabi ijro ishlari Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlari ish yurituvida ham talaygina va banklar foydasiga undiruv bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosi ustidan alohida nazorat o‘rnatilgan. 

Hozirda viloyatda bank kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar olib borilmoqda. 

Jumladan, Byuroning Yangiyo‘l shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan Yangiyo‘l tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor “HSE. SIL." MCHJdan, ”Qishloqqurilishbank” foydasiga 550 mln. so‘m pul mablag‘i xatlanib, qarzdorlik amalda undirildi. 

M.Qosimova, O‘zA