English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdor korxonaning avtotransport vositalari xatlandi
10:31 / 2022-09-29

Sud qarorlariga asosan banklar foydasiga kredit qarzlarni undirish Byuro organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi va bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor “Qayroq Tosh” MCHJdan undiruvchi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Buxoro filiali foydasiga 569.385,86 AQSH dollar miqdoridagi kredit qarzini undirish, undiruvni mazkur MCHJga tegishli mol-mulklarga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi ish yurituviga 2022 yil 31 mayda kelib tushgan.

Berilgan ixtiyoriy muddat va kredit qarzini bartaraf qilish borasidagi ogohlantirishga qaramasdan, qarzdor MCHJ ijro hujjati talablari bajarilmagan. Davlat ijrochilari tomonidan joriy yilning 19-21 sentyabr kunlari olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida “Qayroq Tosh” MCHJga tegishli bo‘lgan 2 ta “HOWO” rusumli avtotransport vositalari tegishli tartibda xatlanib, vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Mazkur kredit qarzdorligi MCHJ tomonidan belgilangan muddat davomida bartaraf qilinmagan taqdirda, avtotransport vositalari baholanib, “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilishi haqida ogohlantirildi.
Ijro hujjati talablarini o‘z vaqtida va ixtiyoriy bajarmaslik, majburiy ijro harakatlarini o‘tkazishga sabab bo‘ladi.

 

Zarif Komilov, O‘zA