Qarzdan qochib bo‘lmadi: fermer “Cobalt”isiz qoldi
Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 7 fevraldagi qarori asosida qarzdor fermer xo‘jaligidan “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi foydasiga 41 million 780 ming so‘m qarz undirish yuzasidan ijro ishi qo‘zg‘atildi.
Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro hujjati talabini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun rasman ogohlantirish berildi, tushuntirish ishlari olib borildi. Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmadi.
Shundan so‘ng, qarzdor fermer xo‘jaligiga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashina xatlanib, belgilangan tartibda jarima maydoniga joylashtirildi.
Hozirda avtotransport vositasini baholash va uni elektron auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Undan tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri