Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarz undirish haqidagi ishlar ko‘paygan
11:56 / 2021-08-02

Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan joriy yilning birinchi yarmida odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.

– Birinchi instansiya sudlarida jami 8 ming 354 ta ish ko‘rilgan, –deydi viloyat sudi raisi o‘rinbosari N.Fayziyev. – Ko‘rilgan ishlar o‘tgan 2020 yilning shu davriga nisbatan 2 ming 831 taga yoki 51,2 foizga oshgan. Ko‘rib tamomlangan 7 ming 48 ta ish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarilgan. Shundan 6 ming 276 tasi qanoatlantirilgan. 772 tasi rad etilgan. 412 ta ish harakatdan tugatilgan. 894 ta arizalar ko‘rmasdan qoldirilgan. O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish 541 taga, yer maydonlarini noqonuniy egalikdan qaytarib olish yoki yer maydonidan chiqarish haqidagi ishlar 442 taga, hujjatlarning tegishlilik faktini aniqlash haqidagi ishlar 97 taga kamaygan. Lekin kredit shartnomalaridan kelib chiqqan nizolar 1 ming 468 taga, nikohdan ajratish haqidagi ishlar 500 taga, qarz undirish haqidagi ishlar 305 taga ko‘paygan.

Oilalar mustahkamligini ta’minlash davlatimizning asosiy vazifalaridan biri ekanligini inobatga olib, nikohdan ajratish haqidagi ishlar tahlil qilinganda jami 1 ming 635 ta fuqarolik ishi ko‘rilgan. Shundan 944 tasi yoki 57,7foizi qanoatlantirilgan. 205 ta fuqarolik ishlari bo‘yicha ish yuritish tugatilgan. 358 ta da’volar rad qilingan. 128 ta da’vo ariza ko‘rmasdan qoldirilgan.

Fuqarolik ishlarini sayyor sud majlisida ko‘rib chiqish borasida hisobot davrida muayayn ishlar amalga oshirilgan. Jami ko‘rilgan 8 ming 354 ta ishlarning 2 ming 959 tasi yoki jami ko‘rilgan ishlarning 35,4 foizi sayyor sud majlisida ko‘rilgan.

Viloyat sudi sudlov hay’atida 2021 yil 1-yarmi davomida 444 ta shikoyat va protestlar (o‘tgan davrdan 36 ta qoldiq) kelib tushgan. Shundan 8 ta shikoyat va protest qaytarilgan. 4 tasi voz kechganligi sababli tugatilgan. 1 tasi kvorum bo‘lmaganligi sababli boshqa sudga yuborilgan. 428 tasi o‘rganib chiqilgan.

Sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilgan 428 ta ishning 402 tasi hal qiluv qarori ustidan keltirilgan

 shikoyat va protestlar hisoblanadi. 313 ta sudning hal qiluv qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan. 38 ta sudning hal qiluv qarorlari bekor qilingan. 36 tasi bo‘yicha yangi hal qiluv qarorlari chiqarilgan. 2 tasi yangidan ko‘rish uchun yuborilgan. 2 ta sudning hal qiluv qarori da’vodan voz kechganligi sababli bekor qilinib, tugatilgan. 49 ta sudning hal qiluv qarorlari o‘zgartirilgan.

Viloyat sudi tomonidan yagona sud amaliyotini ta’minlash maqsadida 15 ta dolzarb mavzularda umumlashtirishlar o‘tkazilib, tashkilotlarga 51 ta taqdimnomalar kiritilgan.

Qonun buzilishlarini oldini olish borasida sudlar tomonidan turli korxona va tashkilotlarga nisbatan 90 ta xususiy ajrimlar chiqarilgan.  

Zarif Komilov,  

Tohir Istatov (surat), O‘zA