Qarz sabab “Malibu” boy berildi
Qo‘qon tumanlararo sudining ajrimiga asosan, Majburiy ijro byurosi qarzdorlik undirdi.
Qarzdorlik M.Nurmatov va V.Oripovlardan "Mikrokreditbank" Qo‘qon filiali foydasiga undirilgan.
Undiruvni garov mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ajrimiga ko‘ra, garovga qo‘yilgan “Malibu” Qo‘qon shahar IIB, YHXB xodimlari bilan hamkorlikda ushlanib, xatlandi va jarima maydonchasiga olib kirilib, da’vo ta’minlandi.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA