Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarz olib qaytarmagan firibgar qo‘lga tushdi
11:33 / 2023-06-10

Olotda fuqarolarni chuv tushirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqida Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Olotning “Bunyodkor” mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro R.D. ismli shaxs 2019 yilning 12 oktyabr kuni Romitan tumani Hasanobod mahallasida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan tanishi fuqaro Q.B.ning o‘ziga bo‘lgan ishonchini suiiste’mol qiladi. Toshkent viloyati Olmaliq tumanida katta qurilish ishlarini boshlaganligini aytib, uni aldab, 200 million so‘m pulini qo‘lga kiritib, qaytarib bermasdan keladi.  

Shuningdek, u jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019 yilning 14 oktyabr kuni mahalladoshi fuqaro B.L. ni ham aldab, pul zarurligini aytib, go‘yoki Buxoro shahar I.Mo‘minov ko‘chasida qurayotgan ko‘p qavatli uylaridan birining 1-qavatidan savdo do‘konini arzon narxda sotishni va’da beradi. Natijada dastlab 200 million so‘m, keyinchalik ya’ni 2020 yilning mart oyida plastik kartasidan 90 million so‘m pullarni o‘tkazib olishga erishadi. Qo‘lga kiritilgan umumiy summadan 10.000 AQSH dollarini qaytarib, qolganini bermasdan firibgarlik jinoyatini sodir qiladi.  

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Hozirgi kunda ushbu shaxsdan jabrlangan boshqa fuqarolar ham bor yoki yo‘qligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA