Qarshidan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yildi
Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Qarshi shahridan Istanbulga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda.
Jumladan, bugun, 13 iyundan boshlab aviatashuvchi “Qarshi – Istanbul – Qarshi” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshlaydi. Parvozlar haftada bir marta payshanba kunlari Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Shuningdek, “Qanot Sharq” aviakompaniyasi yaqin orada Qarshidan yana ikki yo‘nalish “Qarshi – Moskva – Qarshi” va “Qarshi – Sankt-Peterburg – Qarshi” yo‘nalishlarida parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri