French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshidagi qurilish obyekti qulaganining sabablari haqida maʼlumot berildi
12:05 / 2020-06-25

Joriy yilning 23-iyun kuni Qarshi shahar I.Karimov koʻchasidagi “Nasaf Travel” mehmonxonasi binosining oʻng tomonidan qoʻshimcha qurilayotgan 5 qavatli yangi qurilishi yakunlanmagan binoning tom qismidagi tom yopma qurilmasi (beton plita) qulab tushgan edi.


Joriy yilning 23-iyun kuni Qarshi shahar I.Karimov koʻchasidagi “Nasaf Travel” mehmonxonasi binosining oʻng tomonidan qoʻshimcha qurilayotgan 5 qavatli yangi qurilishi yakunlanmagan binoning tom qismidagi tom yopma qurilmasi (beton plita) qulab tushgan edi.

Oʻzbekiston qurilish vazirligining axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, Qashqadaryo viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi oʻrganish ishlari olib borganida, “Nasaf-Travel” kompaniyasiga tegishli ushbu obyektidagi qurilish ishlari roʻyxatga olinmasdan, noqonuniy olib borilgani maʼlum boʻldi.

Buyurtmachi “Nasaf-Travel” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining, 5-ilovasi, yaʼni, “Qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida xabarnoma yuborish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ga muvofiq, Qashqadaryo viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini xabardor etmagan.

Shuningdek, obyekt qurilishi boʻyicha, Qarshi shahar hokimining 2018-yil 5-iyundagi “Nasaf-Travel” kompaniyasiga tegishli 4566,92 kv.m yer maydonida joylashgan “Mehmonxona va restoran”ni rekonstruksiya qilishga hamda oʻz hududidan yordamchi binolar qurishga ruxsat etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan, “obyekt atrofini toza saqlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini doimiy bajarish hamda obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun viloyat davlat arxitektura qurilish nazorati inspeksiyasidan ruxsatnoma olish yuklatilgan” boʻlsada, buyurtmachi “Nasaf-Travel” kompaniyasi ushbu talabni bajarmagan.

Inspeksiya tomonidan ushbu obyekt qurilishi boʻyicha “Nasaf-Travel” kompaniyasini bir necha bor ogohlantirgan boʻlishiga qaramasdan, noqonuniy ravishda obyektda qurilish-montaj ishlarini davom ettirgan. Va qurilish meʼyorlarining qoʻpol ravishda buzilishi oqibatida mazkur holat kelib chiqqan. Tadbirkorlik subyekti qonunda koʻrsatilgan erkinliklarni suisteʼmol qilgan. Noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan.