Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshida "Yurak – hayot uchun!" xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi
09:41 / 2022-10-03

Fotoreportaj

Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya, endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari filiallari, “Umid” xayriya jamoat birlashmasi va Qarshi shahridagi “Shifo-nur” klinikasi hamkorligida “Yurak -  hayot uchun!” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

[gallery-9012]

Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj 90 nafar bemor malakali kardiolog, endokrinolog, oftolmolog va boshqa mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazildi.

- Yigirma yildan beri yurak-qon tomir kasalligidan aziyat chekaman,  - deydi kosonlik Qosim bobo Shoymardonov. – Yuragimni ikki marta operatsiya qilishgan. Keyingi yillarda qandli diabet ham bezovta qiladi. Shu bois tez-tez malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib turishim kerak.  bugungi ko‘rikda ham malakali shifokorlar tekshiruvidan o‘tib, kerakli tavsiyalarni oldim. 


Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA 
.