Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshida yangi uylar
17:05 / 2025-08-29

Mustaqillik bayrami arafasida Qarshi shahrining Beklar mahallasida 125 xonadondan iborat 3 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Ushbu yangi uy-joylar shahar aholisi, ayniqsa, yosh oilalar va uy-joyga muhtoj fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida barpo etildi.

Qurilish ishlari “Nasaf China Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi. Loyiha qiymati 44 milliard so‘mni tashkil etib, bu mablag‘ asosan uy-joylarning sifatli va barqaror bo‘lishiga yo‘naltirildi. Uylar zamonaviy me’moriy uslubda qurilib, har bir xonadonda qulay sharoitlarni ta’minlaydi.

Shu bilan birga, yangi uylar asosan yosh oilalar va ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga uy-joylar subsidiya asosida berilmoqda, ya’ni 60 foizdan ortig‘i subsidiya bilan ta’minlanmoqda. Bundan tashqari, uy-joy sotib oluvchilarga 20 yillik imtiyozli kreditlar taklif etilmoqda, bu esa yoshlarga uy-joyga ega bo‘lish imkonini oshiradi.

[gallery-25037]

Qarshi shahar hokimligi tomonidan bildirilishicha, mazkur loyiha mahalliy aholi turmush darajasini oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda yoshlarni uy-joy bilan ta’minlashga qaratilgan muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.

Mustaqillik bayrami arafasida bunday loyihalarning amalga oshirilishi yurtimiz taraqqiyoti va aholining farovon hayoti yo‘lida muhim qadam sanaladi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), 
O‘zA muxbirlari