FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyatida jamoat salomatligini mustahkamlash yo‘lida muhim loyiha amalga oshirilmoqda. Qarshi shahar Qarliqbog‘ot mahallasida joylashgan sanitariya-gigiyena laboratoriyasining qurilish va rekonstruksiya ishlari “Uyg‘ur qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan jadal sur’atda davom ettirilmoqda. Ushbu ob’ekt Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining viloyat boshqarmasiga qarashli bo‘lib, zamonaviy talablar asosida barpo qilinmoqda.
[gallery-27238]
Qurilish ishlari 2025 yil 3 sentyabrda boshlangan. Ob’ektni to‘liq foydalanishga topshirish 2026 yil 1 sentyabrga rejalashtirilgan.
Mazkur laboratoriya viloyatda sanitariya-gigiyena nazoratini kuchaytirish, aholining salomatligini himoya qilish va zamonaviy diagnostika imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Yangi bino nafaqat ilmiy-tadqiqot ishlarini, balki amaliy tibbiy xizmatlarni ham yuqori darajada tashkil etishga zamin yaratadi.
Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA