FOTOREPORTAJ
Qarshi shahrida 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasida 3000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Musobaqa dasturi bo‘yicha ertalabki 08:00 da berilgan startda 3 km masofaga yugurish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Behzod Toshpo‘latov, ayollar o‘rtasida Sevara Sulaymonova, “Jismoniy imkoniyati cheklangan ishtirokchi” nominatsiyasi bo‘yicha Mavjuda Rahmatullayeva, “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyasida Rasulbek Qilichev hamda “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi” nominatsiyasi bo‘yicha Stanislav Ilenko g‘olib chiqib, viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasining diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
[gallery-14673]
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA fotomuxbiri