Qarshida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatda dastlabki g‘oliblar aniqlandi
Qarshi shahrida milliy kurash bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatida dastlabki g‘oliblar nomi aniqlandi.
Qarshi shahrida milliy kurash bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatida dastlabki g‘oliblar nomi aniqlandi.Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tayotgan mamlakat chempionatida 60 kilogrammlik polvonlar o‘rtasida surxondaryolik Iskandar Hakimjonov, 66 kilogramm vazn toifasida buxorolik Shahram Ahadov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda surxondaryolik Mohinur Mo‘minova, Gulnora Sulaymonova, xorazmlik Dildora Shermetova, samarqandlik Gulnoza Ziyoyeva o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Musobaqa davom etmoqda.