FOTOREPORTAJ
Qarshi davlat universitetida Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy tadbirlar tashkil etildi.
“El desa – Navoiyni” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ilmiy-amaliy konferensiyalar, “Navoiy hayoti va ijodi bilimdoni” va “Eng yaxshi g‘azal ijrochisi” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi. Talabalar shoir g‘azallarini yoddan aytish, baytlarni sharhlash va sahna ko‘rinishlarini namoyish etish orqali o‘z mahoratlarini ko‘rsatdi. Shuningdek, “Navoiyxonlik kechalari” adabiy mushoira va munozaralarga boyitildi.
Tadbirlarning targ‘ibotida universitetning Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohiblari faol ishtirok etdi. Ular shoir g‘azallarining mazmun-mohiyatini sodda va hayotiy misollar bilan tushuntirdi.
[gallery-27536]
Bunday tadbirlar yoshlar ma’naviyatini boyitish va bobokalonimiz xotirasiga hurmat uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA