Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
15:14 / 2024-06-27

Bugungi davr yoshlarini o‘z atrofiga jamlagan kibersport o‘yinlari ishtirokchilari yildan-yilga ortmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 16 noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mamlakatimizda kibersport musobaqalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur hujjatga muvofiq o‘tgan yildan boshlab Qashqadaryo viloyatida ham kibersport bo‘yicha “Hokim kubogi” turnirlari tashkil etib kelinmoqda.  

Qashqadaryo viloyatida ilk bor viloyat hokimligi, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi va boshqa homiy tashkilotlar hamkorligida kibersportning “Countre strike” turi bo‘yicha “Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi” turniri bo‘lib o‘tdi.  

Qarshi shahridagi “Pandora” o‘yinlar klubida murosasiz bahslarga boy o‘tgan turnirda Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy, Xorazm, Jizzax, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrining 800 dan ortiq yoshlari ro‘yxatdan o‘tib, saralash, pley-off va final bosqichida bellashdi.

– Mazkur turnir yoshlar orasida kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida tashkil etildi, – deydi Yoshlar ishlari boshqarmasi axborot xizmati rahbari Dilfuza Eshmurodova. – Ko‘plab viloyatlardan kelgan ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratilib, bepul yotoq joylar bilan ta’minlandi.  

[gallery-18019]

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Samarqand viloyati yoshlari jamoasi faxrli 1-o‘rinni, Toshkent shahri jamoasi 2-o‘rinni va Qashqadaryo viloyati yoshlari jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, qimmatbaho sovg‘alar va medallar bilan taqdirlandi.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),

O‘zA muxbirlari