Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshida “Dor ul-kutub” nomli kitoblar uyi barpo etildi
11:58 / 2019-09-09

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi qoshida zamonaviy va ko‘rkam “Dor ul-kutub” nomli kitoblar uyi barpo etildi hamda faoliyat olib borish uchun “Qarshi kitob dunyosi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga shartnoma asosida ijaraga berildi.

Mazkur kitoblar uyida 2 ming nomdagi 4 mingdan ziyod badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlari mavjud bo‘lib, kitobxonlar uchun ko‘plab qulayliklar yaratilgan. Zalda o‘rnatilgan 3 ta kompyuter internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, ularda respublikamizda faoliyat yuritayotgan informatsion saytlarni bemalol kuzatib borish, elektron kitoblar va hujjatlar ko‘chirib olish mumkin.

– Boshqarmamiz qoshida mana shunday kitoblar uyining foydalanishga topshirilgani biz xodimlar uchun ham ayni muddao bo‘ldi. Bo‘sh vaqtimizda huquqiy adabiyotlarni mutolaa qilishimiz mumkin. Bu esa, o‘z navbatida huquqiy bilimimizni yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.– deydi viloyat IIB xodimi, kapitan Samariddin Xo‘janov.

Aytish joizki, ushbu kitoblar uyi “Kitob dunyosi” savdo tarmoqlari markazining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ochgan uchinchi, umumiy olganda tarmoqning 11-savdo do‘koni hisoblanadi.

Eng muhimi ushbu xayrli tashabbuslar aholi, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini shakllanishiga, shu bilan birga joylarda ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.