Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshida ayollar va bolalar huquqlari borasida qanday ishlar amalga oshirildi?
15:26 / 2022-03-02

Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limining ma’lum qilishicha, o‘tgan davrda byuro tomonidan qarzdorlarning 513 ta ko‘chmas mulklari va 268 ta avtotransport vositalariga taqiqlar qo‘yilgan va 566 nafar qarzdorlarning ish haqlariga talabnomalar yuborilgan.

Shuningdek, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlash bo‘yin tovlagan 36 nafar qarzdorlarga nisbatan to‘plangan hujjatlar ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalasini hal etish uchun tegishli tartibda sudlarga chiqarildi.

Sud jarayonida 17 nafar qarzdorlardan 204,3 mln. so‘m aliment qarzdorligi undirilib, ma’muriy ishlar tugatildi. 435,6 mln. so‘m qarzdorlikni to‘lamagan 19 nafar qarzdorlarga tegishli tartibda ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Bundan tashqari, byuro prokuratura, ichki ishlar organlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va tijorat banklari bilan hamkorlikda ijro hujjatlari bo‘yicha aliment undiruvi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2022 yil 4 fevralda Qo‘shma Farmoyish qabul qilindi.

Farmoyish ijrosi doirasida aliment oluvchilarning noroziligi oldini olish, ishsiz qarzdorlarni ish bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan qarzdorlarga ko‘mak berish va kreditlar ajratish maqsadida   shahardagi “Mahallot” mahallasida Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.

O‘tkazilgan tadbirda 83 nafar ishsiz aliment to‘lovchilar ishtirok etdi. Ularning 4 nafariga tashkilot va korxonalar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rniga ega bo‘ladi. 12 nafariga esa Qarshi shahridagi kasb-hunar o‘qitish markaziga tikuvchilik, kompyuter savodxonligi va payvandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kursiga yo‘llanmalar berildi.

3 nafar qarzdorlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topguncha ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olindi va belgilangan tartibda ishsizlik nafaqasi tayinlanishi aytildi. Shuningdek, 2 nafariga  Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish ma’lum qilindi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 33 nafar qarzdorlarga Qarshi shahridagi tijorat banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan arizalar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lamaslikning salbiy oqibatlari ishtirokchilariga tushuntirilgach, 3 ta oila yarashtirildi.