Qarshida “American Makerspace in Qarshi” innovatsion ta’lim maydonchasi ishga tushiriladi
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov AQSH "Air Products" kompaniyasining Yevropa va Afrika mintaqalari bo‘yicha rahbari Ivo Bols bilan uchrashdi.
Muloqot davomida amalga oshirilayotgan qo‘shma investitsiya loyihalarining joriy holati va istiqboli muhokama qilindi. Qarshi shahrida “American Makerspace in Qarshi” innovatsion ta’lim maydonchasini ishga tushirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

STEAM yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan mazkur loyiha ta’limni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, shuningdek global iqtisodiyot sharoitida talab yuqori bo‘lgan texnik ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish hamda mamlakatning barqaror iqtisodiy va texnologik rivojlanishiga ko‘maklashuvchi yangi tashabbuslarni ilgari surishga kelishib oldilar.
G.Sattorova, O‘zA