Qarshida 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlangan
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlanganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Aniqlanishicha, bugun 19 dekabr kuni soat 06-50 larda Qarshi shahridagi xususiy o‘quv markazlaridan birining yotoqxonasida yashovchi 13 nafar o‘smir yotoqxonaga o‘rnatilgan gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik sababli zaharlangan.
Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamdan so‘ng ularni barchasining ahvoli yaxshilangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tekshiruv olib borilishi ustidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
O‘zA