Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi xalqaro aeroportida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
16:23 / 2022-05-23

Ayni damda Qarshi aeroportining aerovokzal kompleksida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki bosqichda tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan zal kengaytirildi.

Aerovokzalning yo‘lovchilar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini soatiga 200 yo‘lovchidan 400 nafar yo‘lovchiga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, aerovokzalning ikkinchi qavati jo‘nab ketuvchi yo‘lovchilar uchun mo‘ljallab qayta rekonstruksiya qilinadi.

Buning natijasida kompleksdagi yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish ustunlari soni hozirgi 3 tadan 10 taga oshiriladi.

Shuningdek, zamonaviy yuk taqsimlovchi lentalar, elektron tarozilar va yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratishga mo‘ljallangan boshqa moslamalar o‘rnatiladi.

Maftuna Karimova, O‘zA