French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi va Namangandan - Istanbulga  
18:35 / 2024-06-12

“Qanot Sharq” mahalliy aviakompaniyasi O‘zbekistonning birdaniga ikkita shahridan Istanbulga muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ydi.   

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 iyundan boshlab Istanbul va Namangan o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan. Aviareyslar haftada bir marta, seshanba kunlari  Airbus 321 samolyotlarida amalga oshiriladi.  Shuningdek, 13 iyundan aviatashuvchi haftada bir marta, payshanba kunlari Qarshi-Istanbul-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.  Iyun oyi yakunlariga ko‘ra, Turkiya megapolisiga  O‘zbekistonning sakkizta - Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Farg‘ona, Namangan va Qarshi shaharlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlar amalga oshirilmoqda.  

“Qanot Sharq” aviakompaniyasi yaqin kunlar ichida Qarshidan Moskva va Sankt-Peterburgga reyslar yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.    

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA