Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi tumanidagi MCHJ 3,5 milliard so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘rincha ishlatgan
15:54 / 2025-12-06

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan elektr energiyasi iste’moli ustidan nazoratni kuchaytirish, tarmoqlardan qonuniy va xavfsiz foydalanish tizimini takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda hududlarda o‘tkazilayotgan profilaktik va nazorat tadbirlari elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish tizimini chetlab o‘tish kabi holatlarni aniqlash va ularning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etyapti.

Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan navbatdagi qoidabuzarlik ham sohada tartib-intizomni ta’minlashning dolzarbligini yana bir bor tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi tumanida “N.A.” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy majmuasining elektr qurilmalari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.

Elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, mavkur holat tufayli 3 milliard 517 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Inspeksiya axborot xizmati ma’lum qilganidek, hozir bu qoidabuzarlik yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

N.Ziyodullayeva, O‘zA