Qarshi tumanidagi 396-referendum uchastkasidan fotoreportaj
Qarshi tumani Hilol mahallasi 5-maktab binosida joylashgan 396-referendum uchastkasida 1987 nafar ovoz beruvchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 45 nafari ilk marta ovoz berayotgan yoshlardir. Ro‘yxatga olinganlarning 104 nafari muddatidan oldin ovoz bergan.
[gallery-11677]
- bugungi ovoz berish jarayoniga barcha yoshu qari Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlardan mamnun bo‘lib, o‘z ovozini berib ketmoqda, - deydi Qarshi tuman Kengashi deputati Adiba Aliqulova. - Ayniqsa ustozlar nufuzini oshirish, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish Konstitutsiyamizning 52-moddasida belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlar, 128 moddadan 155 taga ortganligi, 60 foizdan ortiq taklif va fikrlarni yoshlar tomonidan berilganligi, xalqimizning farovon yashashi uchun xizmat qiladi. Ta’bir joiz bo‘lsa xalq qomusi desa ham bo‘ladi.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA