Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi tumanida “Mahalla servis kompaniyasi” faoliyatini boshladi
09:58 / 2025-11-07

Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, davlatimiz rahbarining 2024 yil 25 iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qarshi tumani Omontepa mahallasida “Mahalla servis kompaniyasi”ning yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirilgan.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, mahalla faollari, nuroniylar va aholi vakillari ishtirok etdi.

“Mahalla servis kompaniyasi” faoliyati mahallalarning obodligi va tartib-intizomini ta’minlashga, aholi va kommunal xizmat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, shuningdek, fuqarolarning hududlarni obodonlashtirishdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi. Kompaniya tomonidan jami 23 turdagi xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur kompaniyaning tashkil etilishi, esa mahallalardagi ishlarni tizimli tashkil etish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va joylardagi obodonlik ishlarini samarali amalga oshirish uchun muhim qadam, deyish mumkin.

Tuman hokimligining ma’lum qilishicha, bu amaliyot hududdagi boshqa mahallalarda ham bosqichma-bosqich tashkil qilinadi. 

O‘lmas Barotov, O‘zA