French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi tumanida ham ko‘chat ekish ishlari jadal ketmoqda
09:54 / 2023-11-12

Ayni kunlarda butun respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan, Qarshi tumani ham loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ko‘kalamzorga aylanmoqda.

Tumanda joriy yilning kuz mavsumida 500 ming dona mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlari bajariladi.

Bundan tashqari, tuman hokimi Zoir Aliqulovning tashabbusi bilan tumandagi barcha tashkilot, ijtimoiy soha ob’ektlari va mahallalarda  korxona va tashkilot, mahalla bog‘lari tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Tumandagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga ham 5 mingdan ortiq sifatli daraxt ko‘chati tarqatilmoqda. Prezidentimiz tashrif buyurgan 12-sonli maktab atrofiga 1 ming 310 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chati ekilib, maktab hududi  yashillikka  burkandi.  

Daraxt ko‘chatlarining parvarishi va ekish texnologiyasi bo‘yicha tumandagi Mevazor mahallasida o‘tkazilgan amaliy seminar davomida tumandagi 58 ta mahallaga 200 tupdan umumiy hisobda 12 ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chati yetkazib berildi. Mazkur hasharda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi vakillari ham faol ishtirok etdi.

Shu bilan birga tuman markazida joylashgan xiyobonlar va bo‘sh turgan joylarni obodonlashtirish, sifatli manzarali ko‘chat navlari o‘tqazish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Misol tariqasida, hokimlik bog‘ini yanada obodonlashtirish uchun 4 tup dup, 8 tup kashtan, 32 tup majnuntut, 11 tup ko‘k sarv va 24 tup ixcham tuya kabi manzarali daraxt ko‘chatlari keltirilib, landshaft dizayni asosida ekildi.

Tumanda dala yer maydonlari chetlariga tut va tok ko‘chatlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘plab seminarlar tashkil etilib, ko‘chatlar o‘tqazishga kirishildi. Tuman yoshlari ham to‘qsonbosti usulida ekin yetishtirish uchun o‘zlariga ajratilgan  yer maydonlariga ko‘chatlar qadamoqda.

[gallery-14527]

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida katta hashar va hashar oldi amaliy seminari o‘tkazildi. Seminarda tuman hokimi tuman aholisini “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishga chaqirdi.  

Shu kuni tuman hududidan o‘tgan Qarshi bosh kanalidan Beshkent shahrigacha bo‘lgan 7 kilometr masofada 12 ming dona sifatli “Aylant” manzarali daraxt ko‘chati o‘tqazildi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),

O‘zA muxbirlari