English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi tumanida ham iftorlik dasturxoni yozildi
07:49 / 2023-03-31

Ramazon oyi davom etayotgan qutlug‘ kunlarda “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlat birligi ramzi” shiori ostida Muborak Ramazon oyi munosabati bilan mahallalarda ro‘zadorlar uchun iftorliklar tashkil etilib, xayr-ehson ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun tumanning “Yer tepa” va “Gulshan” mahallalari aholisi uchun iftorlik tashkil etilib, Qur’on tilovat qilinib, duolar qilindi.

Tadbirda 300 nafarga yaqin ro‘zadorlar, mehnat faxriylari, yoshu keksalar dasturxon atrofida jam bo‘ldi. Iftorlik oldidan ramazoni sharif shukuhi, davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida  so‘z bordi. Shuningdek, barcha 30 aprel kuni o‘tkaziladigan referendumda faol qatnashishga chaqirildi.

Tadbirda sektor rahbarlari ham ishtirok etdi.

 

O‘lmas Barotov, O‘zA.