Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi shahrining yo‘llari va ichimlik suv ta’minoti qachon yaxshilanadi?
18:55 / 2022-02-08

Qarshi shahri hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyevning ta’kidlashicha, hududda jami 726,5 kilometr avtomobil yo‘llari mavjud. Shundan asosiy markaziy ko‘chalar 31,9 kilometrni, mahallalardagi ichki yo‘llar 600,1 kilometrni tashkil etadi. Yangi tashkil etilgan massivlarda 94 kilometr ichki yo‘llar mavjud. Shuningdek Qarshi shahridan 17 kilometr xalqaro, 30 kilometr davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari o‘tgan. 2021 yilda yo‘llarni joriy ta’mirlash uchun ajratilgan 82,2 milliard so‘m, qo‘shimcha dastur asosida 7 milliard so‘m va mahalliy byudjet mablag‘lari evaziga 278 ta ko‘chadagi 185 kilometr ichki yo‘llar joriy ta’mirlangan. Shu bilan bir qatorda loyiha qiymati 2,2 milliard so‘m bo‘lgan 1 dona ko‘prik qayta qurilgan.

“Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan “Mag‘zon” va “Arabxona” mahallalaridagi 37,6 kilometr, 11,5 milliard so‘mlik ichki yo‘llar ta’mirlangan. Bundan tashqari, investitsiya dasturi doirasida 20,3 kilometr piyodalar va velosiped uchun mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari” tashkil etilgan. Ushbu yo‘lakda 292 dona tungi yoritish ko‘cha chiroqlari o‘rnatilib, 12 dona “Workout” maydonchalari qurilgan.

[gallery-5682]

Joriy yilda 23,3 milliard so‘m evaziga 75 kilometr ichki yo‘llar joriy ta’mirlanishi rejalashtirilgan. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 35,2 kilometr ichki yo‘lga 16,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga 2 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash orqali fuqarolarining iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini yanada yaxshilashga mo‘ljallangan loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Shahar hududida jami 802 kilometr ichimlik suv quvuri mavjud bo‘lib, shundan asosiy markaziy quvurlar 230 kilometr, mahalladagi ichki quvurlar 572 kilometrni tashkil qiladi. 

O‘tgan yilda, shahar aholisini toza ichimlik suv bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida – 82,8 milliard so‘m mablag‘ evaziga 271 ta ob’ektda 183 kilometr suv tarmoqlari tortildi. Shu bilan bir qatorda 6250 ta xonadonga suv o‘lchash asbobi (SUA) o‘rnatilib, hozirda 2101 ta xonadon ichimlik suv bilan ta’minlamoqda. 

Qolgan 4149 ta xonadon 2022 yilning 1 martiga qadar suv tarmog‘iga ulanadi. Bundan tashqari “Arabxona” nasos stansiyasi joriy ta’mirlanib, 2-komplekt yangi nasos agregati o‘rnatildi. 2021 yilga qadar shaharning 73 foiz qismi quvur orqali ichimlik suv bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2021 yilga amalga oshirilgan ishlar natijasida shahar aholisining 82 foiz qismi quvur orqali ichimlik suv bilan ta’minlandi. 2022 yilda loyihaning davomi sifatida 48,7 kilometr tarmoq tortish va 3 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Mazkur rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish uchun 25 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi. Bu shahar aholisining 94 foiz qismini quvur orqali ichimlik suv bilan ta’minlash imkonini beradi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.