French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi shahridagi Prezident maktabida imtihonlar boshlandi
19:20 / 2023-07-15

Qarshi shahrida joylashgan Prezident ta’lim muassasalari Agentligi tasarrufidagi Prezident maktabida test imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident maktabiga topshirilgan hujjatlarning 1-bosqich jarayoni belgilangan qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etilgan. Imtihon jarayoniga ko‘plab malakali mutaxassislar jalb etilgan.

- Bugun birinchi bosqich imtixoni o‘tkazilmoqda. Prezident maktablariga hujjat topshirish yildan-yilga ortib boryapti. Masalan, o‘tgan yilda respublika bo‘yicha 51 ming nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 57 mingtaga yetdi, - deydi  Prezident ta’lim muassasalari Agentligi bo‘lim boshlig‘i Hamidulla Sobirov. - Qarshi shahridagi maktabga 4869 ta o‘quvchi hujjat topshirgan. Ushbu o‘quvchilarning ikkinchi bosqichga 480 nafari o‘tadi. Ikkinchi bosqich imtihonlaridan so‘ng esa 24 nafari maktabga o‘qish imkoniyatlarini qo‘lga kiritadi. Imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof tizimda tashkil etilgan. Buning uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan. Imtihonga kirishdan tortib o‘tish jarayonigacha nazoratga olingan. Maqsad haqiqiy iste’dodli o‘quvchilarni jamlash. 

[gallery-12792]

O‘lmas Barotov, O‘zA. Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.