FOTOTANQID
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Xudoyzod mahallasida joylashgan yo‘lda har bir yomg‘ir yoki qor yog‘ingarchiligidan keyin suv to‘planishi kuzatilmoqda. Mazkur holat aholi kundalik hayotida qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Mahalliy aholi vakillarining bildirishicha, ko‘chada suv chiqarish uchun lotoklar o‘rnatilgan bo‘lsa-da, yog‘ingarchilik paytida suv to‘liq chiqib ketmayapti. Natijada yo‘lda suv yig‘ilib, avtomobillar harakati qiyinlashmoqda, piyodalar uchun esa xavfli vaziyat yuzaga kelmoqda.
— Yomg‘ir yoki qor yog‘sa, ko‘chadan o‘tish deyarli imkonsiz. Lotoklar mavjud, ammo suv ketmaydi. Bu holat avtomobillar qatnoviga ham, piyodalarga, ayniqsa, o‘quvchilarga noqulaylik tug‘diryapti. Mas’ul tashkilotlar muammoga yechim topsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi, - deydi mahalla aholisi vakili Jahongir Xidirov.
Mutaxassislar fikricha, ushbu muammoni bartaraf etish uchun drenaj tizimini takomillashtirish, zarur hollarda yangi quvurlar o‘rnatish, yo‘l qoplamasini tenglashtirish va asfaltni yangilash lozim. Shuningdek, mahalliy hokimiyat tomonidan muntazam monitoring olib borilishi hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-27286]
Xudoyzod mahallasidagi mazkur holat shahar infratuzilmasidagi ayrim kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Muammoni tezkor hal etish nafaqat transport va piyodalar harakati, balki shaharning umumiy qiyofasi hamda aholi ishonchi uchun ham muhimdir.
Suratda: yog‘ingarchilikdan keyin Xudoyzod mahallasidagi yo‘l holati.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xixxCWHdTaM" title="Qarshi shahridagi ko`cha har yog`ingarchilikdan keyin suvga to`lmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jamshid NORQOBILOV (surat, video), O‘zA