French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi shahrida sifatsiz elektr isitish vositalari aniqlandi
17:59 / 2026-02-16

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati bo‘limi tomonidan Qarshi shahridagi savdo nuqtalarida sotilayotgan "PIKAI" va "BESSE" rusumli elektr isitish moslamalari yuzasidan nazorat xaridi amalga oshirildi.

Laboratoriya sinovlari natijasida mazkur mahsulotlar texnik reglament, markirovka hamda amaldagi standartlar talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu turdagi jihozlardan foydalanish elektr toki urishi, elektr energiyasi sarfining me’yordan oshib ketishi, kabelning haddan tashqari qizib ketishi, yong‘in kelib chiqishi kabi holatlarga sabab bulishi mumkin.

Hamroz Bayanov, O‘zA