Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi shahrida kechayu kunduz "ishlaydigan" yana bir ko‘cha
15:22 / 2025-08-29

Qarshi shahridagi Vatanparvarlar bog‘i hududida 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatuvchi yangi ko‘cha tashkil etildi. Ushbu ko‘cha aholi uchun qulay va zamonaviy dam olish, savdo hamda xizmat ko‘rsatish maskanlari bilan boyitildi.

Obodonlashtirish ishlari doirasida 550 metr piyodalar yo‘lagi pardozlanib, shaharliklarga qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyati yaratildi. 400 metr asfalt yo‘l va 4 ming kvadrat metr bruschatka yotqizilishi shahar ko‘chalariga yangi zamonaviy ko‘rinish berdi. Yangi o‘rindiqlar esa dam olish va uchrashuvlar uchun munosib joy bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yangi tashkil etilgan 52 ta ob’ekt shahar hayotiga turli xil ranglar kiritdi: 6 ta ovqatlanish maskani turli taomlarni taklif etsa, 4 ta ko‘ngilochar maskan mehmonlarga dam olish va ijodiy vaqt o‘tkazish imkonini beradi. Shuningdek, 1 ta fitnes zal sog‘lom turmush tarziga qiziquvchilarni jalb etadi, 7 ta zamonaviy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi esa mahalliy aholiga xizmat ko‘rsatishni osonlashtiradi.

[gallery-25031]

Yangi loyiha faqat obodonlashtirish bilan cheklanmay, 350 ta yangi ish o‘rni yaratilishi bilan ham aholi bandligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa shahar aholisining turmush darajasini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.Loyihani amalga oshirish uchun tadbirkorlar tomonidan 2 milliard so‘m sarflandi, shuningdek dastur doirasida 350 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Ma’lumot o‘rnida: bu Qarshi shahridagi 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan ikkinchi ko‘cha hisoblanadi.


O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari