Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi shahrida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqasi o‘tkazildi
18:12 / 2025-05-17

Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 18 yosh va undan katta nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida adaptiv sport turlaridan ommaviy sport musobaqalarining viloyat final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 416 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi. Final bosqichida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi mas’ullari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va viloyat sport boshqarmasi mas’ullari tashrif buyurdi.

Tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasining ijrochi direktori Anvar Mursakulov barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Bellashuvlarda g‘oliblar o‘z mahoratini namoyon etib, yuqori kayfiyatda bahslarni olib bordi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 26 nafar g‘olib ishtirokchi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bu tadbir nogironligi bo‘lgan shaxslarning sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni jismoniy faollikka jalb qilish, shuningdek, paralimpiya sport turlarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri