Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi shahri hokimligi taʼmirtalab yoʻllar boʻyicha munosabat bildirdi
14:56 / 2020-01-26

Xabarda qayd etilishicha, hokimlik tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar vaziyat kutilganidan ham ancha ayanchli ekanini koʻrsatgan


“Tan olmay ilojimiz yoʻq, nosoz va taʼmirtalab yoʻllar Qarshi shahridagi eng ogʻriqli muammolardan biridir”,- deyiladi axborot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda. - “Oxirgi paytda ijtimoiy tarmoqda, hamshaharlarimizdan kelib tushayotgan murojaatlarda bildirilayotgan eng koʻp eʼtiroz ham shu masalaga taalluqli. Yogʻin-sochinli kunlarda abgor yoʻllarimiz aholiga anchagina qiyinchilik tugʻdirayotgani rad etib boʻlmas ayni haqiqat. Fuqarolarning shikoyat va talabini ham toʻgʻri tushunamiz, toʻliq asosli, deb bilamiz“.

Xabarda qayd etilishicha, hokimlik tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar vaziyat kutilganidan ham ancha ayanchli ekanini koʻrsatgan. Xatlov natijasida Qarshi shahrida taʼmirtalab ichki yoʻllar umumiy hisobda 180 kilometrdan oshiq ekani oydinlashgan.

Izoh berilishicha, tuzuk yoʻl xuda-bexuda kavlangan, qurilish paytida katta yuk mashinalari harakatlangan yoki yoʻl notoʻgʻri, qoidaga amal qilmay saqlangan. Yillar davomida bu masala tizimli xarakter kasb etib borgan.

“Koʻpchilik talab qilayotgani kabi nosoz yoʻllarni bir kunda yo juda qisqa fursatda taʼmirlash jismonan imkonsiz. Bu jarayon oʻz navbatida vaqt va katta mablagʻ ham talab etadi. 180 kilometrdan ziyod taʼmirtalab yoʻl kichik raqam emas har holda. Boshlangʻich hisob-kitobga koʻra, 1 kilometr yoʻlni asfalt qilish oʻrtacha 600-700 million soʻmga tushadi bugungi kunda“, deyiladi xabarda.

Shahar hokimi boshchiligida bu borada maqsadli saʼy-harakat boshlangan. Aniq chora-tadbir ishlab chiqilmoqda. Qaysi yoʻllar, qachon va nima hisobidan taʼmirlanadi? Ana shu kabi savollarga aniqlik kiritilayapti. Kunlar isiy boshlagach, amaliy ishlar boshlanadi. Bunga sabab sifatida yer qurigan mahal yoʻl qurish uchun eng qulay payt ekanligi va shu muddatda taʼmirlashni sifatli bajarish imkoni boʻlishi koʻrsatilgan.