Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi hujumning “mazasi” yo‘q...
18:42 / 2023-07-24

Rossiya-Ukraina

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujum amaliyoti og‘ir kechayotganini tan oldi.

“CNN” telekanaliga intervyusida u “Qarshi hujum avvalgi darajada qolyapti, oson kechmayapti, og‘ir janglar ketmoqda”, degan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “ishonchli mudofaa” tashkil qilgan, Ukrainaga “F-16” yetkazib beriladi, ammo bu ancha vaqt talab etadi.

Xitoy hukumati Ukrainadagi tinch aholi, jumladan jurnalistlar xavfsizligi ta’minlanishini talab qiladi. XXR TIV rasmiy vakili Mao Nin yaqinda Zaporoje viloyatida Rossiya OAV vakillariga uyushtirilgan hujumni sharhlar ekan, shunday bayonot berdi.

“Biz tomonlarni xalqaro gumanitar huquqqa jiddiy sodiq qolish, oddiy aholi, xususan jurnalistlar xavfsizligini ta’minlashga chaqiramiz”, degan u. Ta’kidlanishicha, Vashington Kiyev rejimini harbiy tomondan qo‘llab, “gumanitar muammo yaratmoqda”.

“Biz doim muloqot va muzokara Ukraina atrofidagi ziddiyatni hal qilishning yagona yo‘li ekanini qayd etib kelamiz”, deya qo‘shimcha qildi diplomat.

Qo‘shma Shtatlar sobiq Prezidenti Donald Tramp bayonotiga ko‘ra, Ukraina Yevropa davlatlaridan 100 milliard dollar olishi kerak.

“Fox News” telekanaliga intervyusida u yangidan davlat rahbari bo‘lsa, “Ukrainaga ketayotgan mablag‘ni to‘xtatish”ga va’da berdi.

“...Ikkinchidan, Yevropa “100 milliard dollar berishi kerak, chunki Qo‘shma Shtatlarga nisbatan ancha kam sarf qilmoqda”, dedi u.

Siyosatchi qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ukrainaga yaqin joylashgan, AQSH esa “okean ortida”.

G‘arbdan yetkazib berilayotgan zenit-raketa majmuasi Ukraina Qurolli kuchlari foydalanayotgan sovetlarning S-300 zenit-raketa tizimini almashtirish uchun yetmagan, deb yozdi “Forbes” nashri. Xabarda aytilishcha, ziddiyat boshlangan paytda Qurolli kuchlarda ellikka yaqin “S-300” majmuasi bo‘lgan. G‘arb mamlakatlari Kiyevga qariyb yigirmata “ZRK SAMP-T”, “Patriot”, “Iris-T”, “NASAMS”, “Crotale” va boshqa tizimlar yetkazib bergan.

26 iyul kuni Bryusselda Ukraina –NATO kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda Ukraina donini Qora dengiz orqali eksport qilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi rasmiy vakili Oana Lungesku ma’lum qildi.

Ukraina – NATO kengashi Alyansning 12 iyulda bo‘lib o‘tgan Vilnyus sammitida tashkil etilgan. Muhim jihati shundaki, Kiyev zarurat tug‘ilganda mustaqil ravishda tuzilma yig‘ilishini chaqirishi mumkin.

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov 2024 yil o‘tadigan NATOning keyingi sammitida Ukraina tashkilotga a’zo bo‘lishiga ishonadi. U “CNN” telekanali muxbiriga shu haqda gapirgan. U mamlakatining Shimoliy Atlantika alyansiga kirishi jangovar harakat to‘xtagandan so‘ng amalga oshishini ham e’tirof etdi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Afrika mamlakatlari bo‘ylab uchinchi marta safarga otlanyapti, deb xabar berdi mahkama matbuot xizmati. Aniqlik kiritilishcha, vazir 23-24 iyul kunlari diplomatik munosabatlar tarixida ilk bor Ekvator Gvineyasiga safar uyushtiradi. Kuleba Afrikaga birinchi marta o‘tgan yil oktyabr oyida Senegal, Kot-d'Ivuar, Gana va Keniyaga borgan, ikkinchi marta joriy yil may oyida Marokash, Efiopiya, Ruanda, Mozambik va Nigeriyada bo‘lgan.

Abror XON, O‘zA