Qars ikki qo‘ldan chiqadi yoxud suvga munosabat shumi?
Toshkent shahrida yangi qurilayotgan aholi punktlarining kanalizatsiya tizimiga ulanishi va qurilishi bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, 2024 yil boshida BAAning Abu Dhabi Sewerage Services Company (ADSSC) kompaniyasi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi “Surum” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi oqova suvlarni yig‘ish va tozalash inshootini qurishni rejalashtirgan. Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilib, sutkasiga 1,5 million kub metr chiqindilarni to‘plash va tozalash imkonini beradi.
Yangi oqova suvlarni tozalash inshootining qurilishi va mavjud quvurlarni modernizatsiya qilish orqali shaharning kanalizatsiya tizimi yanada takomillashtiriladi.
Sohada qilinayotgan ishlar ko‘lami, muammolar va ularga yechim haqida “O‘zsuvta’minot” AJ mutaxassislari bilan suhbat tashkil etildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/OXPWUk328g8?si=m8MOXzLXjIR5SQNy" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nilufar Bozorova, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA