English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarovchisi yo‘q, yolg‘iz keksalar, nogironlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar nazoratga olindi
17:38 / 2021-02-18

O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston harbiy prokurorining katta yordamchisi Botirbek Sobirov ishtirokidagi brifingda qish-kuz mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan 2020 yilning 4-choragida Toshkent shahrida Bosh prokuratura rahbariyati tomonidan olib borilgan amaliy tadbirlar natijalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, Bosh prokuror o‘rinbosarlari rahbarligidagi Respublika ishchi guruhlari tomonidan Toshkent shahrining barcha tumanlarida o‘tkazilgan amaliy tadbirlarda hammasi bo‘lib 37  ming 902 ta xonadon va ob’ekt o‘rganildi.

Ijtimoiy va boshqa soha ob’ektlari bino-inshootlarining ta’mirga muhtojligi, ulardagi va yashash xonadonlaridagi elektr energiyasi, isitish tizimi, tabiiy gaz ta’minoti va boshqa kommunal xizmatlar, shu bilan birga, ko‘p qavatli uylarda liftlar nosozligi va talabga javob bermaydigan yerto‘lalar, bundan tashqari, ko‘chalar va yo‘llarning asfalt qoplamalari ta’mirtalabligi, qarovsiz hududlarni obodonlashtirish hamda turli xil chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirilmagani kabi va boshqa holatlar bilan bog‘liq jami 12  ming 661 ta muammoli masalalar aniqlandi. Aniqlangan muammolarning 11 ming 77 tasi yoki 87 foizi hal etilishiga erishildi.

Xonadonlar va ob’ektlar kesimida ko‘rib chiqilganda, jami 19 ming 781 ta yashash xonadoni o‘rganildi. Ular bilan bog‘liq 2 ming 203 ta muammoli masalalar aniqlandi va shundan 2 ming  tasi yoki 91 foizi hal etildi.

Shu bilan birga, 18 ming 121 ta ijtimoiy ob’ekt, ko‘p qavatli uylar, ko‘cha, bo‘sh turgan, qarovsiz va foydalanishsiz yotgan bino, hudud va boshqa joylarda o‘rganishlar o‘tkazilib, ularda 10 ming 458 ta muammoli holat aniqlandi va shundan  9  ming 76 tasi yoki 87 foiz hal etildi.

Amaliy  tadbirlar davomida tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq hamda aholini qiynab kelayotgan boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.

Qarovchisi yo‘q, yolg‘iz keksalar, nogironlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, belgilangan tartibda bartaraf etish uchun muayyan muddat talab etiladigan muammoli holatlarni istiqbolli rejalar va tegishli dasturlarga kiritish orqali hal etishning tashkiliy-huquqiy va amaliy chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

O‘zA