Mamlakatimizda so‘nggi yillarda mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha vakolatlari kengaytirilib, xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
To‘rtko‘l tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining “Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda xalq deputatlari To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a tuman Kengashlarining kotibiyat mudirlari, doimiy komissiyalari rahbarlari, deputatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari, partiyaning mas’ul xodimlari, partiya guruhi a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda tanlovini o‘tkazish tartibi va “Mahalliy Kengashlar faoliyatini baholash mezonlari” to‘g‘risida keng turda tushunchalar berildi. Shundan so‘ng, doimiy komissiya raislari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi, ahamiyati va tajribalari yuzasidan suhbatlashildi va ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashlari va ulardagi partiya guruhlarining 2025 yildagi faoliyati natijalari, shu jumladan, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilish va “boshlang‘ich partiya tashkiloti – deputatlik guruhi – sessiya” tizimi bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokama qilindi.
Yil davomida samarali faoliyat olib borgan partiyaning To‘rtko‘l va Ellikqal’a tuman kengashlari raislari va deputatlar partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri